Insony Fazilatlar Buyuk Mutafakkirlar Talqınıda yoki Insoniy Fazilatlar Haqinda Mulohazalar

Authors

  • Usman Qosimov JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.15767201

Keywords:

Insoniy fazilat, komil inson, hadislar, Sa’diy Sheroziy, Alisher Navoiy, adolat, halollik, tafakkuri, Konfutsiy, odamiylik

Abstract

Ushbu maqolada Insoniyat tarixida axloqiy qadriyatlar va insoniy fazilatlar jamiyat taraqqiyotining muhim asosi bo‘lib kelganligi, har bir davr va har bir jamiyat o‘ziga xos qadriyatlarga ega bo‘lsa-da, umumiy insoniy fazilatlar doimo qadrlanganligi, bular – halollik, adolat, mehr-oqibat, vijdon, sabr-toqat, kamtarlik, sadoqat kabi fazilatlar ekanligi ko‘rsatilgan. Ushbu fazilatlar shaxsni komillikka yetaklaydi, jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qilishi tahlil qilinadi. Insoniy fazilatlar – bu nafaqat shaxsiy tarbiyaning mezoni, balki ijtimoiy hayotdagi muvaffaqiyatlarning ham garovidir. Halollik – har qanday jamiyatda eng asosiy axloqiy qadriyat hisoblanadi. Halol inson doimo ishonchga sazovor bo‘ladi, uning so‘zi va amali bir-biriga mos bo‘ladi. Shuningdek, adolatli bo‘lish – har bir insondan talab etiladigan yuksak fazilatdir. Adolat mavjud bo‘lgan joyda nizolar kam, taraqqiyot barqaror bo‘ladi.Mehr-oqibat va insonparvarlik esa oila, qo‘shnichilik va do‘stlik munosabatlarining mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Ayniqsa, bugungi kunda texnologiyalar rivojlanib, odamlar orasidagi real muloqot kamayib borayotgan bir paytda mehr va muruvvat kabi fazilatlarning ahamiyati yanada oshmoqda. Vijdon esa insonning ichki hakami bo‘lib, har qanday vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlashga ko‘maklashadi.Yosh avlod tarbiyasida insoniy fazilatlar alohida o‘rin tutishi tahlil etiladi. Maktabgacha ta’limdan tortib, oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda ushbu qadriyatlarni singdirish, yoshlarni komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Ayniqsa, o‘qituvchi va ota-onalarning shaxsiy namunasi bu borada hal qiluvchi ahamiyatga ega. Zero, insoniy fazilatlar og‘zaki emas, amaliy namuna orqali yosh avlod ongiga singishi tadqiq etiladi.

Published

2025-06-30

How to Cite

Qosimov, U. (2025). Insony Fazilatlar Buyuk Mutafakkirlar Talqınıda yoki Insoniy Fazilatlar Haqinda Mulohazalar. Turkish World and Turkish Teaching, 4(1), 65–73. https://doi.org/10.5281/zenodo.15767201