Ingliz Tilini Maxsus Maqsadlarda O‘Qitishda Korpusga Asoslangan va Korpusdan Kelib Chiqadigan Yondashuvlar: Professional Diskursning Empirik Tahlili

Yazarlar

DOI:

https://doi.org/10.5281/zenodo.21004387

Anahtar Kelimeler:

İngliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitish (ESP), Korpus lingvistikasi, Corpus-based yondashuv, Professional diskurs, Kollokatsiya, Konkordansiya, Lug‘at o‘qitish

Özet

Mazkur tadqiqot ingliz tilini maxsus maqsadlarda o‘qitish (ESP) kontekstida korpus lingvistikasi doirasida shakllangan corpus-based va corpus-driven metodologik yondashuvlarni qiyosiy tahlil qilishga qaratilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi ushbu yondashuvlar o‘rtasidagi metodologik farqlarni aniqlashtirish hamda ESPga yo‘naltirilgan tadqiqotlarda corpus-based yondashuvning amaliy va nazariy ustunligini empirik asosda ko‘rsatishdan iborat. Tadqiqot empirik xarakterga ega bo‘lib, muallif tomonidan tuzilgan ESP korpusi asosida olib borildi. Korpus tarkibiga ilmiy maqolalar, darsliklar va maxsus lug‘atlar kiritildi hamda umumiy hajmi 2 milliondan ortiq so‘zdan iborat bo‘ldi. Tahlil jarayonida chastota, konkordansiya va kollokatsion usullar qo‘llanildi. Natijalar professional diskursda yuqori chastotali leksik birliklar, ularning kontekstual qo‘llanishi va barqaror kollokatsion naqshlari mavjudligini ko‘rsatdi. Konkordansiya tahlili leksik birliklarning ma’nosi ko‘pincha ularning real nutq kontekstida namoyon bo‘lishini tasdiqladi, kollokatsion tahlil esa terminologik birliklarning tizimli va standartlashgan birikmalar orqali qo‘llanilishini aniqladi. Tadqiqot natijalari corpus-based yondashuvning ESP kontekstida lug‘at tanlash, o‘quv materiallarini ishlab chiqish va ta’lim jarayonini rejalashtirishda metodologik jihatdan asosli va pedagogik jihatdan samarali ekanligini ko‘rsatadi. Ushbu yondashuv real til qo‘llanishiga asoslangan holda talabalarning professional kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.

Ek Dosyalar

Yayınlanmış

2026-06-28

Nasıl Atıf Yapılır

Musayeva, F. (2026). Ingliz Tilini Maxsus Maqsadlarda O‘Qitishda Korpusga Asoslangan va Korpusdan Kelib Chiqadigan Yondashuvlar: Professional Diskursning Empirik Tahlili. Türk Dünyası Ve Türkçe Öğretimi, 5(1), 37–46. https://doi.org/10.5281/zenodo.21004387